Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano «PSJ»ning «Vest Xem» yulduzlariga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Romano «PSJ»ning «Vest Xem» yulduzlariga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandesh va vinger Krisensio Sammervillning transferi bo‘yicha hech qanday muzokara olib bormayapti. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Parij klubi shunchaki ushbu o‘yinchilar haqida ma’lumot to‘plagan, xolos, chunki klub skautlari muntazam ravishda ko‘plab futbolchilarni shu tarzda kuzatib borishadi. Hozirgi vaqtda «PSJ» va «Vest Xem» o‘rtasida hech qanday muzokara yo‘q va Fransiya chempionlari tomonidan bu borada hech qanday faol harakatlar amalga oshirilmayapti.

Yakunlangan mavsumda 21 yoshli Fernandesh barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

24 yoshli Sammervill esa 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta zabit etilgan to‘p va 5 ta assistni yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 18:09, 20.06.2026.
O'qildi: 1520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик