«Rayo Valyekano» klubining o‘ng qanot himoyachisi Andrey Rasiu faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fussballdaten nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 28 yoshli ruminiyalik futbolchining Ispaniya klubi bilan shartnomasida 25 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan, biroq «Liverpul» bu narxni 20 million yevrogacha tushirishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, ushbu himoyachini «Barselona» ham kuzatayotgani haqida bahordayoq xabarlar tarqalgan edi.
Yakunlangan mavsumda Rasiu barcha turnirlarda jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Rasiuning «Rayo Valyekano» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













