Urugvay terma jamoasi ustozi Marselo Byelsa jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Kabo-Verde terma jamoasi bilan qayd etilgan durangdan mamnun emas. U shogirdlari o‘yin intensivligini pasaytirgani uchun jazolanganini ta’kidladi.
«Natijaga ta’sir qilgan hal qiluvchi omil shunda bo‘ldiki, biz o‘yin intensivligini pasaytirdik, bu esa sodir bo‘lmasligi kerak edi», — deya Byelsaning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining uchinchi turida Urugvay terma jamoasini ispaniyaliklarga qarshi o‘ta murakkab bahs kutib turibdi. Hozircha janubiy amerikaliklarda Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde terma jamoalari bilan o‘yinlardan so‘ng atigi ikki ochko bor.













