Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Rays: «Endi standartlar barchaga yoqmoqda, shunday emasmi?»

Rays: «Endi standartlar barchaga yoqmoqda, shunday emasmi?»

Baho:
+ | -

«Arsenal» va Angliya terma jamoasi xavbeki Deklan Rays milliy jamoaning standart vaziyatlardagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Endi standartlar barchaga yoqmoqda, shunday emasmi? Men burchak zarbalarini amalga oshirmagan bo‘lardim, ammo standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiy va «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta menda nimadir ko‘rishdi. Ular meni to‘pni Bukayo Sakadan boshqa hech kim yetkaza olmaydigan zonalarga yo‘naltira olishimni aytishdi.

Men bunga ishondim. Endi har safar burchak yoki qanotdan jarima zarbasini ijro etish uchun to‘pni olganimda, xavfli vaziyat yarataman yoki golli uzatma beraman deb his qilaman.

Terma jamoada standartlarni mashq qilish uchun vaqt kam, chunki biz ko‘plab boshqa narsalar ustida ishlashimiz kerak, ammo Tuxel kelgach, biz ularni mashq qildik.

O‘tgan bir yil davomida to‘pni qayerga va qanday uzatishimni unchalik o‘zgartirmadik, shuning uchun yigitlar nimani kutish kerakligini bilishadi. Bizda reja bor, menga esa uni ijro etish, yigitlarga esa jarima maydonchasida ochilish qoldi», — dedi Rays.

Kiritildi: 16:42, 22.06.2026.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик