Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Byelsa: «Men Urugvay terma jamoasiga hech narsa bermadim»

Byelsa: «Men Urugvay terma jamoasiga hech narsa bermadim»

Baho:
+ | -

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Byelsa jamoaning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Moviy osmonlilar» so‘nggi tur uchrashuvida Ispaniya terma jamoasiga minimal hisobda imkoniyatni boy berishdi. Janubiy amerikaliklar guruhda atigi ikki ochko jamg‘arib, uchinchi bo‘lib marraga yetib kelishdi va bu natija 1/16 finalga chiqish uchun kamlik qildi.

«Men Urugvay terma jamoasining potensialini ochib bera olmadim, urugvay futboliga hech narsa bermadim. Oxir-oqibat, murabbiyning hissasi natijaga qarab baholanadi. Agar mendan bu yerda meni qanday eslab qolishlarini so‘rasangiz, shunday javob beraman: meni o‘zidan keyin hech narsa qoldirmagan inson sifatida eslashadi.

Bugungi o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Biz durangga loyiq edik, bir ochko olishimiz kerak edi», — deya FIFA Byelsaning so‘zlarini keltirmoqda.

Ispaniya terma jamoasi pley-off bosqichiga birinchi o‘rin bilan yo‘l oldi, ikkinchi pog‘ona esa Kabo-Verdega nasib etdi.

Kiritildi: 08:02, 27.06.2026.
O'qildi: 1098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик