Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Alvares «Atletiko» rahbariyatini yolg‘onchilikda ayblamoqda

Alvares «Atletiko» rahbariyatini yolg‘onchilikda ayblamoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi, 26 yoshli Xulian Alvares klub bosh direktori Migel Anxel Xilning tutgan yo‘lidan qattiq norozi va g‘azabda. Bu haqda futbol jurnalisti Reshad Rahman xabar bermoqda.

Insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, forvard Xil unga avvalroq bergan va’dasini buzganini ta’kidlamoqda. Bosh direktor yozgi transfer oynasida uning yangi jamoaga o‘tishiga ko‘maklashishga so‘z bergan edi. Endi esa «Atletiko» hujumchining «Barselona»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda. Alvaresning o‘zi esa aynan kataloniyaliklar safiga qo‘shilishni istamoqda.

Xulian Alvares 2024 yilda «Manchester Siti»dan ko‘chib o‘tganidan beri «Atletiko» sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda klub safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:10, 27.06.2026.
O'qildi: 2889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик