Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Messi Jahon chempionatlaridagi o‘yinlar soni bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi

Messi Jahon chempionatlaridagi o‘yinlar soni bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi

Baho:
+4 | -

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichining uchinchi turida Argentina terma jamoasi Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Argentinaliklar hujumchisi Lionel Messi boshlang‘ich tarkibga kiritilmadi, biroq 60-daqiqada maydonda paydo bo‘ldi.

39 yoshli Messi uchun ushbu uchrashuv Jahon chempionatlari doirasidagi 29-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, Leo mundiallarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan jahon rekordini yangiladi. Amaldagi futbolchilar orasida uning eng yaqin ta’qibchisi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hisoblanib, uning hisobida maydonga tushishlar soni 25 tani tashkil etadi.

Shuni ham qo‘shimcha qilish joizki, Iordaniya bilan o‘yinda Messi jarima zarbasidan gol urib, yana bir rekordni yangiladi. Endilikda hujumchi hisobida 19 ta gol mavjud — bu Jahon chempionatlari tarixida istalgan boshqa futbolchinikidan ko‘proqdir.

1/16 finalda Argentina Kabo-Verde bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahs 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:10, 28.06.2026.
O'qildi: 952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик