Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

«Tottenxem» Tonali transferini yakunlamoqda — tafsilotlar ma’lum

«Tottenxem» Tonali transferini yakunlamoqda — tafsilotlar ma’lum

Baho:
+ | -

«Nyukasl»ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali Londonning «Tottenxem» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi «Tottenxem» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Yarim himoyachi yiliga taxminan 14-15 million yevro hamda sezilarli miqdordagi bonuslar ishlab topadi. Bu uning «Nyukasl»dagi hozirgi maoshidan ancha ko‘pdir.

Ta’kidlanishicha, «shporlar» «qarg‘alar» bilan ham kelishuvni yakunlash arafasida, faqat ayrim detallarni hal qilish qolgan. Tonalining transferi London klubiga 116 million yevroga tushadi.

Yakunlangan mavsumda Tonali barcha musobaqalarda jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:23, 28.06.2026.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик