Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoasi bosh murabbiyi Xugo Bros Jahon chempionati — 2026 musobaqasida yosh bilan bog‘liq mutlaq rekordni o‘rnatdi. Janubiy afrikaliklar JCH-2026ning 1/16 finali doirasida Kanada terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Squawka statistika portalining xabar berishicha, Bros 74 yosh-u 79 kunligida mazkur yirik turnirning pley-off bosqichida jamoani maydonga boshlab tushgan eng yoshi katta mutaxassis sifatida tarixdan joy oldi.
Ma’lumot uchun, Xugo Bros 2022 yildan buyon JAR terma jamoasini boshqarib kelmoqda (bungacha u 2021 yildan 2022 yilgacha ham jamoaga ustozlik qilgan). Belgiyalik taniqli mutaxassisning uzoq yillik murabbiylik faoliyati uzoq 1988 yilda boshlangan edi.













