Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Ronaldo Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi haqida gapirdi

Ronaldo Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Ronaldo «Real Madrid»ning sobiq ustozi Zinedin Zidan Fransiya milliy terma jamoasi boshqaruvida muvaffaqiyatga erisha olishi yoki yo‘qligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Ha, u bunga albatta qodir. Men doim ushbu lavozim uchun unda ideal fazilatlar mavjudligini aytib kelganman. Unda iste’dod, tajriba, taktik zakovat va mukammal xarakter bor. Bu shunchaki mening ichki sezgim emas. U Madridning «Real» klubi tepasidagi yorqin faoliyati bilan allaqachon hamma narsani isbotlab bo‘lgan», — deya Ronaldoning so‘zlarini keltiradi L'Équipe gazetasi.

Zidan «Real»ni 2016 yildan 2018 yilgacha, shuningdek, 2019 yildan 2021 yilgacha boshqargan. Fransuz mutaxassisi qo‘l ostida «qaymoqranglilar» uch bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishgan va boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishgan.

54 yoshli Zidan Jahon chempionati — 2026 dan so‘ng Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

Kiritildi: 18:40, 29.06.2026.
O'qildi: 739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик