Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 OKMK 2-1 Mash’al
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Desham Shvesiyaga qarshi o‘yin oldidan Mbappening sport formasiga baho berdi

Desham Shvesiyaga qarshi o‘yin oldidan Mbappening sport formasiga baho berdi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasida juda muhim rolni o‘ynamoqda, chunki u, jumladan, jamoaning himoyalanish harakatlarida ham faol ishtirok etmoqda. Bu haqda fransuzlar bosh murabbiyi Didye Desham gapirib o‘tdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, hujumchi ayni paytda ajoyib sport formasida va jamoa sardori sifatida qolganlarga o‘rnak bo‘lmoqda.

«Kilian himoyada ham borini berib ishlayapti. Men buni sizlarga ancha oldin aytgan edim: Kilian o‘z mahorati va gol urish qobiliyatidan tashqari, sardorlik mas’uliyatini ham to‘liq o‘z zimmasiga oldi», — deya Deshamning so‘zlarini keltiradi RMC Sport nashri.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatida Mbappe allaqachon 4 ta gol urishga ulgurdi. Fransiya va Shvesiya o‘rtasidagi bahs 1 iyulga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:48, 29.06.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик