«Manchester Yunayted» klubi ayni damda yarim himoyachi Meyson Maunt bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Daily Mail nashri jurnalisti Kris Uiler o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Avvalroq, italiyalik xavbekka «Milan» klubi faol tarzda qiziqish bildirayotgani va ehtimoliy transfer bahosi 21,5 million funt sterlingga baholanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozirda mankunianliklar yarim himoyachini jamoada saqlab qolish niyatidalar.
Yakunlangan o‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi barcha musobaqalarda jami 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.













