Urugvay terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Marselo Byelsa Jahon chempionati — 2026 paytida futbolchilar bilan mojaroga borgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
«Biz Saudiya Arabistonidan 20 foiz, Kabo-Verdedan 30 foiz va Ispaniyadan 25 foiz ko‘proq yugurishga yetadigan darajada ahil va birdam edik», — deya Byelsaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.
Shuningdek, mutaxassis milliy jamoaning JCH-2026 guruh bosqichidan keyin musobaqani tark etganini tahlil qildi.
«Guruh bosqichini nima uchun yetti ochko bilan yakunlashimiz kerak bo‘lganini tushuntirib berishim mumkin. Har qanday jiddiy va chuqur tahlil doirasida Saudiya Arabistonini mag‘lub etishimiz, Kabo-Verde ustidan g‘alaba qozonishimiz va Ispaniya bilan durang o‘ynashimiz kerak bo‘lganini inkor etadigan birorta ham band yo‘q», — deya ta’kidladi Byelsa.













