«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali yaqin orada Londonga yetib keladi. Futbolchi «Tottenxem»ga o‘tish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Ushbu transfer nafaqat London klubi, balki butun Italiya futboli tarixidagi rekord natijaga aylanadi. Kelishuv yakunlangach, Tonali tarixdagi eng qimmat italiyalik futbolchiga aylanadi. U Saudiyaning «Al-Qadisiya» klubi «Atalanta»dan 68,25 million yevroga sotib olgan Mateo Retegining avvalgi rekordini yangilaydi.
Ushbu kelishuvdan «Milan» klubi ham katta moliyaviy foyda ko‘radi. Tonali «Nyukasl»ga sotilayotgan mahal milanliklar futbolchining keyingi sotuvidan 10 foiz ulush saqlab qolishgan edi. Yarim himoyachining «Tottenxem»ga transferi ortidan «Milan» taxminan 10 million yevro ishlab oladi.













