Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Barselona» Leau bo‘yicha ma’lumot so‘radi

«Barselona» Leau bo‘yicha ma’lumot so‘radi

Baho:
+ | -

«Milan»ning vingeri (qanot hujumchisi) Rafael Leau hamon «Barselona»ning qiziqishlar doirasida qolmoqda.

Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, «Barselona» «Milan»dan Leau borasida ma’lumot so‘ragan. Ta’kidlanishicha, Italiya grandi o‘z futbolchisini 60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor, chunki jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim unga ishonch bildirmayapti.

Biroq Leauni sotib olish «Barselona» uchun birinchi darajali vazifa emas, sababi «ko‘k-anorranglilar» bundan oldinroq Entoni Gordonni o‘z safiga qo‘shib olishgan. Ayni damda kataloniyaliklarning bosh maqsadi — hujumchi Xulian Alvares transferi hisoblanadi. Ammo klub uni qo‘lga kirita olmasa, Leau varianti ko‘rib chiqilishi istisno etilmaydi.

Yakunlangan mavsumda 27 yoshli portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 17:56, 03.07.2026.
O'qildi: 1880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик