JCH-2026 nimchorak final uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Fransiya terma jamoasi hujumchisi Dezire Due favorit maqomi jamoa uchun qo‘shimcha bosim tug‘dirmasligini ma’lum qildi.
«Favorit deb hisoblanayotganimiz sababli hech qanday bosimni his qilayotganimiz yo‘q. Biz bor e’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratganmiz. Turnir boshlanishidan oldin ham favorit edik, Paragvayga qarshi bahsda ham yana favorit sifatida maydonga tushamiz. Biroq favoritlik maqomi hali g‘alabani kafolatlamaydi. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni bir joyga jamlashimiz kerak. Uchrashuvga juda jiddiy yondashishimiz lozim. Paragvay — yaxshi jamoa. Ularning tarkibida sifatli futbolchilar bor. Raqib himoyada kuchli o‘yin ko‘rsatadi, ular ko‘p sariq kartochka olishdi. Biz bunga tayyor turishimiz kerak», — dedi Due.













