Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Rasman: Oksleyd-CHemberlen «Seltik» bilan shartnomasini uzaytirdi

Rasman: Oksleyd-CHemberlen «Seltik» bilan shartnomasini uzaytirdi

Baho:
+ | -

Aleks Oksleyd-CHemberlen «Seltik»da qoladigan bo‘ldi. Shotlandiya klubining rasmiy saytida 32 yoshli markaziy yarim himoyachi bir yilga mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasiga imzo chekkani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

«Seltik»da yana bir mavsum qolayotganimdan xursandman. Yigitlar bilan ko‘rishishni va mashg‘ulotlarni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, kelasi yil biz uchun yana bir muvaffaqiyatli mavsum bo‘ladi», — deya futbolchining so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirib o‘tdi.

Oksleyd-CHemberlen 2026 yilning fevral oyidan buyon «Seltik» sharafini himoya qilib kelmoqda. Mavsumning ikkinchi yarmi davomida «Liverpul»ning sobiq xavbeki 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Angliyalik futbolchi shotland klubi tarkibida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishga ulgurdi.

Kiritildi: 18:23, 04.07.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик