Bir necha kun oldin italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali «Nyukasl»dan «Tottenxem»ga ko‘chib o‘tgan edi, biroq hanuzgacha bu borada rasmiy bayonot berilgani yo‘q.
Taniqli jurnalist Pol O'Kif «Tottenxem» muxlislarini xotirjamlikka chaqirdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, transfer bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Kelishuv to‘liq yakunlangan. Biroq «Nyukasl» «shporlar»dan rasmiy e’lonni bir oz kechiktirib turishni so‘ragan. Kechikishning asl sababi aynan mana shunda.
Avvalroq Tonali poytaxt klubi bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolagani ma’lum bo‘lgan edi. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, kelishuv summasi 117 million yevroni tashkil etgan va bu «Tottenxem» tarixidagi rekord transferga aylangan.













