Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Tottenxem» «Manchester Siti» hujumchisini sotib olish uchun taklif tayyorlamoqda

«Tottenxem» «Manchester Siti» hujumchisini sotib olish uchun taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning misrlik hujumchisi Omar Marmush faoliyatini «Tottenxem»da davom ettirishi mumkin.

CaughtOffside nashrining xabar berishicha, «Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Marmushning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Yaqin kunlarda «shporlar» «shaharliklar»ga rasmiy taklif bilan chiqishadi. «Manchester Siti» esa o‘z forvardi uchun taxminan 60 million yevro talab qilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu vaziyatni Bundesliganing bir nechta klublari, shuningdek, «Yuventus», «Aston Villa» va «Barselona» ham diqqat bilan kuzatib borayotgani ta’kidlanmoqda.

Yakunlangan klub mavsumida 27 yoshli Marmush barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:18, 06.07.2026.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик