Londonning «Tottenxem» klubi o‘z rasmiy saytida «Nyukasl»dan italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali transferini amalga oshirganini rasman e’lon qildi.
/i/l/t/1783332718867717586.jpg)
OAV xabarlariga ko‘ra, Tonalining transfer summasi bonuslar bilan birga 117 million yevroni (taxminan 100 million funt) tashkil etdi. Shu tariqa, 26 yoshli Sandro «Tottenxem» tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi va londonliklar bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchining o‘zi bergan bayonotiga ko‘ra, uni «Tottenxem» loyihasi hamda o‘z hamyurti Roberto De Dzerbi qo‘l ostida to‘p surish imkoniyati o‘ziga jalb qilgan.
Sandro Tonali 2023 yilning yozidan buyon «Nyukasl Yunayted» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda italiyalik yarim himoyachi «hadslar» safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, u APLga Milanning «Milan» klubidan 60,8 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.













