Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

"Men uning qanday o‘ynashini ko‘rish uchun pul to‘lagan bo‘lardim." Anri - Neymarning faoliyati haqida

"Men uning qanday o‘ynashini ko‘rish uchun pul to‘lagan bo‘lardim." Anri - Neymarning faoliyati haqida

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi safida Jahon (1998) va Yevropa (2000) chempioni bo‘lgan Tyerri Anri hujumchi Neymarning JCH-2026dan so‘ng Braziliya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Men uning qanday o‘ynashini ko‘rish uchun o‘zim pul to‘lagan bo‘lardim. U butun dunyoni futbolga oshiq qila oldi. Har bir bola Neymar bo‘lishni orzu qilardi. Men Jahon chempionati yoki uning faoliyati qanday yakun topgani haqida gapirishni istamayman. Men uning futbolga nima bergani haqida gapirmoqchiman. Neymar buyuk futbolchi edi va afsona bo‘lib qoladi. Bizga taqdim etgan barcha go‘zal lahzalaring uchun rahmat», — deya Anrining so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi JCH-2026dagi ishtirokini 1/8 finalda Norvegiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng yakunladi. O‘sha kuni Neymar ushbu bahs uning milliy jamoa libosidagi so‘nggi o‘yini bo‘lganiga sha’ma qilib o‘tgan edi.

Kiritildi: 19:02, 06.07.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик