Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Tottenxem» yangi yirik transferni tayyorlamoqda

«Tottenxem» yangi yirik transferni tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Yaqin vaqt ichida Londonning «Tottenxem» klubi «Bornmut»ga hujumchi Eli Junior Krupi borasida rasmiy taklif bilan chiqadi. Bu haqda jurnalist Jeyms Devis xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «shporlar» 20 yoshli iqtidor egasi uchun taxminan 100 million yevro taklif qilishga tayyorlanmoqda. «Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi fransuz bilan shaxsan muzokara olib borgan, shundan so‘ng klub transfer jarayoniga faol kirishishga qaror qilgan.

Avvalroq Krupining o‘zi ham faoliyatini aynan «Tottenxem»da davom ettirishni istayotgani, chunki unga de Dzerbining loyihasi ma’qul kelayotgani haqida xabar berilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Krupi barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 13:20, 07.07.2026.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик