Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Shevalye «PSJ»da qoladigan bo‘ldi

Shevalye «PSJ»da qoladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» darvozaboni Lyuka Shevalye yozgi transfer oynasida klubni tark etmaydi, deya xabar berdi Canal+.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli fransuz bosh murabbiy Luis Enrike bilan bir nechta suhbatlar o‘tkazgan. Ispaniyalik mutaxassis futbolchini unga ishonishiga ishontirgan, shundan so‘ng Shevalye jamoada qolish va rossiyalik Matvey Safonov bilan asosiy darvozabon maqomi uchun kurashishga qaror qilgan.

Shevalye o‘tgan yozda 40 million yevro evaziga «Lill»dan «PSJ»ga o‘tgan edi va 2025/26 yilgi mavsumni asosiy golkiper sifatida boshlagandi. Ammo mavsum davomida u raqobatda Safonovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, shu sababli Fransiya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasidan joy ololmadi.

Shevalye «PSJ» safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 28 ta gol olib chiqdi. 10 ta uchrashuvda u o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kiritildi: 11:23, 08.07.2026.
O'qildi: 346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик