Madridning «Real» klubi yarim himoyachi Jud Bellingem bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» o‘yinchining muvaffaqiyatli mavsumi va jahon chempionatidagi o‘yinidan so‘ng unga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi. Ta’kidlanishicha, «Real» Bellingemning yillik maoshini 18,2 million yevrodan 24,3 million yevrogacha oshirishga tayyor. Bu ingliz futbolchisini «Real»ning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilaridan biriga aylantiradi.
O‘tgan mavsumda 23 yoshli Bellingem barcha turnirlarni inobatga olgan holda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yarim himoyachining «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













