Insayderlarning xabariga ko‘ra, «Barselona» hujumchisi Ferran Torres yaqin orada «PSJ»ga o‘tishi mumkin. Shu bilan birga, parijliklar hujumchisi Bredli Barkola jamoani tark etishga yaqin turibdi.
L’Equipe nashriga ko‘ra, «PSJ» 23 yoshli Barkolani 150 million yevroga baholamoqda. Unga «Liverpul», «Arsenal» va «Bavariya» klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining Parij klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, u jamoa safida 152 ta o‘yinda 39 ta gol urdi va 37 ta golli uzatma muallifiga aylandi.













