Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Mateus Kunya Braziliyaning mundialdagi ishtirokiga munosabat bildirdi

Mateus Kunya Braziliyaning mundialdagi ishtirokiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Mateus Kunya 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Braziliyaliklar turnirni 1/16 finalda tark etishdi: ular Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi. 27 yoshli futbolchi turnirda jamoasining barcha beshta o‘yinida maydonga tushib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«O‘z mamlakatim sharafini jahon chempionatida himoya qilish butun hayotim va oilamning eng katta orzusi edi. Kechalari tiz cho‘kib, Xudodan shu orzuimni ro‘yobga chiqarishini so‘rardim.

Hozir menga og‘ir, alamli va qiyin. Ammo, doim bo‘lganidek, biz buni millat sifatida yengib o‘tamiz va yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz.

Bu libosni kiyishdan ko‘ra kattaroq imtiyoz va sharaf yo‘q. Bularning barchasini boshdan kechirish qiyin va og‘riqli bo‘ldi, ammo jahon chempionatida o‘z yurtim sharafi himoya qilgan kunlarim hayotimdagi eng alohida lahzalar edi. Qo‘rquv o‘tib ketgach, butun dunyo senga ochiladi. Biz kubokni yana o‘zimizniki qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz», – deb yozdi Kunya o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida.

JCH-2026 11 iyundan 19 iyulgacha Meksika, Kanada va AQSHda bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi.

Kiritildi: 13:05, 12.07.2026.
O'qildi: 372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик