Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

«Arsenal» va «Atletiko» Xulian Alvaresning narxi bo‘yicha kelisha olmayapti

«Arsenal» va «Atletiko» Xulian Alvaresning narxi bo‘yicha kelisha olmayapti

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumchi Xulian Alvares transferini muvaffaqiyatli yakunlash uchun faol harakatlarni davom ettirmoqda. Bu haqda taniqli insayder Migel Delani xabar bermoqda.

Manbaning qayd etishicha, ayni paytda tomonlar o‘rtasida transferning moliyaviy shartlari bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklar mavjud. London klubi rahbariyati argentinalik futbolchi uchun 90 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ to‘lashdan bosh tortmoqda. O‘z navbatida, Madridning «Atletiko» klubi hujumchining transferini kamida 100 million funt sterling etib belgilagan va bu summadan kamiga rozi bo‘lmoqchi emas.

Ma’lum qilinishicha, ushbu transfer muzokaralarini «Atletiko» klubi sport direktori Andrea Berta shaxsan o‘z nazoratiga olgan holda olib bormoqda.

Kiritildi: 17:44, 12.07.2026.
O'qildi: 1053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик