«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand JCH-2026 1/4 finalidan o‘rin olgan Angliya va Norvegiya (2:1) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Angliya yarim himoyachisi Elliot Andersonni eng yaxshi futbolchi deb bildi. Garchi o‘yinda dubl qayd etgan Jud Bellingem rasman «uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi» deb topilgan bo‘lsa-da, Ferdinand o‘z fikrida qoldi.
«Ha, men Andersonni tanlagan bo‘lardim. Menimcha, Elliot Anderson ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ikki futbolchining — ham Elliot, ham Bellingemning hal qiluvchi harakatlarisiz g‘alaba qo‘lga kiritilmasligi mumkin edi, shuning uchun bu yerda ikkalasining ham hissasi bor. Ammo eshiting, menda hech qanday shubha yo‘q: agar Jud «uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi» unvonini olgan bo‘lsa, demak u bunga loyiq. U g‘alaba keltiruvchi futbolchi», — deya Ferdinandning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Metro.
JCH-2026 yarim finalida Angliya terma jamoasi chorak finalda Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etgan Argentina bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 15 iyul kuni AQSHning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium»da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













