Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unay Simon Fransiya terma jamoasi hujumchilari bilan bo‘lajak to‘qnashuv haqidagi savolga javob berdi.
Ispaniya va Fransiya terma jamoalari 14 iyul kuni jahon chempionati finaliga yo‘llanmani o‘zaro talashishadi.
«Agar Mbappe yoki Dembele bilan yuzma-yuz kelishimga to‘g‘ri kelsa, umid qilamanki, o‘sha vaqtda ularning qarshisida kamida bitta himoyachimiz bo‘ladi», — deya Simonning intervyusidan iqtibos keltiradi The Touchline.













