Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

«PSJ» Fransiya terma jamoasi o‘yinchisi bilan tarkibini kuchaytirishi mumkin

«PSJ» Fransiya terma jamoasi o‘yinchisi bilan tarkibini kuchaytirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Aston Villa» va Fransiya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Lyuka Din «Pari Sen-Jermen»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.

Jurnalist Jon Taunlining xabar berishicha, 32 yoshli futbolchining birmingemliklar bilan tuzgan shartnomasida 12 million yevrodan kamroq miqdordagi tovon puli ko‘zda tutilgan va «PSJ» aynan shu imkoniyatdan foydalanishni o‘ylamoqda. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, ammo bu variant Parij klubi rahbariyati tomonidan jiddiy ko‘rib chiqilmoqda.

Lyuka Din «Aston Villa» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasiga ega. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 6 million yevro deb ko‘rsatilgan. Lateral JCH-2026 da Fransiya terma jamoasi safida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi va ularning barchasida asosiy tarkibda o‘ynadi.

Fransiyalik himoyachi avvalroq «PSJ» sharafini himoya qilgan — u 2013 yildan 2016 yilgacha ushbu klubga tegishli bo‘lgan.

Kiritildi: 16:02, 13.07.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик