Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

"Nottingem Forest" yetakchi yarim himoyachisini saqlab qolmoqchi

"Nottingem Forest" yetakchi yarim himoyachisini saqlab qolmoqchi

Baho:
+ | -

"Nottingem Forest" tayanch yarim himoyachisi Ibragim Sangare bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. The Telegraph xabariga ko‘ra, 28 yoshli ivuariyalik futbolchi bilan yangi kelishuv 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallanadi.

"O‘rmonchilar" rahbariyati Elliot Anderson "Manchester Siti"ga sotilganidan so‘ng tarkib o‘zagini saqlab qolish niyatida va boshqa yetakchi futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Sangare o‘tgan mavsumni kuchli o‘tkazdi va jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Futbolchi 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 6 ta ogohlantirish oldi.

Transfermarkt versiyasiga ko‘ra, Sangarening bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 22:22, 13.07.2026.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик