"Atalanta" klubi "Bayer" yarim himoyachisi Kerim-Sam Alaybegovich uchun transfer taklifini berishga tayyorlanmoqda.
Football Italia nashri xabar berishicha, Italiya klubi 18 yoshli futbolchi uchun 20 million yevro va bonuslar to‘lashga tayyor.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 22 million yevroga baholamoqda. Alaybegovichning o‘zi ham "Atalanta"ga o‘tishga qiziqish bildirayotgani xabar qilinmoqda.
Futbolchi 2025/26 yilgi mavsumni "RB Zalsburg" safida o‘tkazdi. Barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda u 13 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Alaybegovich shuningdek, 2026 yilgi Jahon chempionatida Bosniya va Gersegovina terma jamoasi sharafini himoya qildi. Qanot himoyachisi bitta gol urdi va Qatarga qarshi o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.













