Mashhur germaniyalik sobiq yarim himoyachi Toni Kroos Angliya terma jamoasidagi «nizo» haqida nima deb o‘ylashini aytib o‘tdi.
JCH-2026 chorak finalida inglizlar Norvegiyani mag‘lub etganidan (2:1) so‘ng, «uch sherlar» ustozi Tomas Tuxel o‘z jamoasi harakatlarini beparvolikda ayblagan edi. Yarim himoyachi Jud Bellingem esa murabbiy fikriga qo‘shilmay, uning Erling Xoland, Martin Edegor va boshqa norvegiyalik futbolchilarga qarshi 120 daqiqa davomida qanday ob-havo sharoitida o‘ynash qiyinligini tushunishi dargumonligini bildirgandi.
«Bellingemning Tuxel so‘zlariga bo‘lgan bu reaksiyasi juda bo‘rttirib yuborildi. Ular o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik bor deb o‘ylamayman. Mayamida haqiqatan ham chidab bo‘lmas namlik bor. 120 daqiqalik o‘yindan keyin sen istalgan narsani eshitishni xohlaysan, lekin bunday tanqidni emas – ayniqsa g‘alabadan keyin. Menimcha, Jud shuning uchun bunday munosabat bildirgan», — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Aynan Bellingem Angliya va Norvegiya o‘rtasidagi uchrashuv qahramoniga aylangandi – Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi dublga mualliflik qilgan.













