Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Adriyen Rabyo: «Yamalni to‘xtatish bo‘yicha maxsus rejamiz yo‘q»

Adriyen Rabyo: «Yamalni to‘xtatish bo‘yicha maxsus rejamiz yo‘q»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan yarim final o‘yiniga tayyorgarlik haqida gapirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa «qizil furiya»ning asosiy xavfi hisoblangan «Barselona» hujumchisi Lamin Yamalga e’tibor qaratmayapti. Rabyo Yamalga qarshi alohida reja tuzilmaganini ta’kidladi.

«Lamin Yamalga qarshi hech qanday alohida rejamiz yo‘q. Biz birgina o‘yinchiga emas, balki Ispaniya terma jamoasiga e’tibor qaratganmiz. Biz ularning barcha jabhada xavfli ekanini bilamiz... Biz diqqatlimiz, bu o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz va o‘z yo‘limizga ishonamiz. Biz o‘z kuchimizga ishonishimiz kerak», — dedi Rabyo.

Fransiya jahon chempionati yarim finalida Ispaniya bilan kuch sinashadi. O‘yin bugun, 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:17, 14.07.2026.
O'qildi: 959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик