Dortmundning «Borussiya» klubi «PSJ»ning 18 yoshli vingeri Ibraima Mbayeni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Borussiya» Mbayeda yaqin vaqt ichida «Barselona»ga o‘tishi kutilayotgan Karim Adeyemiga munosib o‘rinbosarni ko‘rmoqda. Ta’kidlanishicha, parijliklar o‘z futbolchisini 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Mish-mishlarga ishoniladigan bo‘lsa, Mbaye uchun «RB Leypsig», «Tottenxem» va «Aston Villa» klublari ham kurash olib bormoqda.
2025/26 yilgi mavsumda senegallik futbolchi barcha turnirlarni hisobga olganda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













