Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Uoker: «Fernandesning uzoqdan yo‘llagan zarbasi Argentinani o‘yinga qaytardi, Angliyaning o‘zi ham ko‘proq zarba berishi kerak edi»

Uoker: «Fernandesning uzoqdan yo‘llagan zarbasi Argentinani o‘yinga qaytardi, Angliyaning o‘zi ham ko‘proq zarba berishi kerak edi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kayl Uoker Jahon chempionati — 2026 yarim finalida Argentinadan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng fikr bildirar ekan, janubiy amerikaliklarning o‘yin tizginini o‘z tomoniga og‘dira olgani qonuniy bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Enso Fernandesning goli inglizlarning o‘ziga butun turnir davomida yetishmagan jihat mahsuli bo‘ldi.

«Men «Manchester Siti» bilan ham bunday vaziyatlarga tushganman: jamoa hisobda oldinga chiqib olib, keyin himoyaga yotib oladi, yakunda esa raqibning klassi o‘z so‘zini aytadi. Agar eshikni taqillatishda davom etaversang, ertami-kechmi u ochiladi. Enso Fernandesning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi ularni o‘yinga qaytardi — aslida bu biz turnir davomida o‘zimiz qilishimiz kerak bo‘lgan ish edi», — deya Uokerning so‘zlarini keltiradi The Sun nashri.

Uchrashuvda Entoni Gordonning goli evaziga inglizlar hisobni ochishgan edi, biroq ikkinchi bo‘lim yakunida Fernandes uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda esa Lautaro Martines Argentinaga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

Shu tariqa, Argentina finalga yo‘l oldi va u yerda Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Angliya esa 3-o‘rin uchun bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 15:34, 16.07.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик