Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Senegal terma jamoasi JCHda tibbiy sug‘urtasiz ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi

Senegal terma jamoasi JCHda tibbiy sug‘urtasiz ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Senegal futbol federasiyasi 2026-yilgi Jahon chempionati vaqtida o‘z futbolchilari uchun tibbiy sug‘urta rasmiylashtirmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sports News Africa nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, terma jamoa darvozaboni Eduard Mendi bu holatni guruh bosqichida Norvegiyaga qarshi o‘yinda (2:3) tizzasidan jarohat olgach bilib qolgan. Jarohat og‘irligini aniqlash uchun MRT tekshiruvidan o‘tishi kerak bo‘lgan posbon, sug‘urta yo‘qligi sababli tibbiy muolaja xarajatlarini o‘z yonidan to‘lashga majbur bo‘lgan.

Voqeaning eng hayratlanarli tomoni — Senegal terma jamoasining bosh shifokori Abdurahmon Fedior futbolchilar bilan ishlash uchun tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan. Aniqlanishicha, terma jamoa shifokori aslida mutaxassisligi bo‘yicha ginekolog hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Senegal terma jamoasi Belgiyaga imkoniyatni boy berib (2:3), JCH-2026 dagi ishtirokini 1/16 final bosqichida yakunladi. Umumiy hisobda senegalliklar turnirdagi 4 ta o‘yindan 3 tasida mag‘lubiyatga uchradi va faqatgina Iroq ustidan qozonilgan yagona g‘alaba (5:0) evazigagina pley-offga chiqqan edi.

Musobaqa yakunlangach, Senegal futbol federasiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Pap Tiyavni iste’foga chiqarish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 17:21, 16.07.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик