Superligada mavsumning ikkinchi qismi startidan avval «Dinamo» jamoasi seleksiya jarayonini davom ettirmoqda.
Yozgi transfer oynasida «Dinamo» klubi Artyom Radayev bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qilamiz. Rossiyalik 21 yoshli himoyachi Samaraning «Krilya Sovetov» klubidan samarqandliklar safiga kelib qo‘shildi va 2026 yilgi mavsum yakuniga qadar «Dinamo» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, «Dinamo» yozgi transfer oynasida klubi Moldova milliy jamoasi himoyachisi Mixail Shtefan bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. 24 yoshli markaziy himoyachi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolandi. Shtefan jamoa safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Moldovalik himoyachi so‘nggi yillarda Moldova chempionati yetakchilaridan biri «Zimbru» klubi sharafini himoya qilgan va iyun oyi yakunida jamoani erkin agent sifatida tark etib, «Dinamo» o‘yinchisiga aylandi. U "Dinamo" safida 3-raqamda harakat qiladi.













