Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Maradona “asr goli”ni urgan to‘p auksionga qo‘yiladi

Maradona “asr goli”ni urgan to‘p auksionga qo‘yiladi

Baho:
+ | -

Afsonaviy argentinalik futbolchi Diyego Maradonaning 1986 yilgi Jahon chempionatida taqqan sardorlik bog‘ichi 512 ming AQSH dollariga auksionda sotildi. Savdoni Sotheby’s auksion uyi tashkil etdi.

Tarixiy lot 1986 yilgi Jahon chempionatining chorakfinalida Argentina va Angliya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv bilan bog‘liq. O‘sha bahsda Argentina 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Mazkur uchrashuvda Maradona ikkita gol urgan. Ulardan biri qo‘l bilan kiritilgani uchun futbol tarixiga “Xudoning qo‘li” (“Hand of God”) nomi bilan kirgan. Ushbu epizod Jahon chempionatlari tarixidagi eng mashhur voqealardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, Maradona shu kuni “asr goli”ga mualliflik qilgan va Angliyaning butun tarkibini aldab o‘tib, raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Shuningdek, ushbu to‘p ham auksionga qo‘yiladi. Mutaxassislar ushbu tarixiy eksponatning qiymatini 10 million AQSH dollariga baholamoqda.

Heritage Auctions auksion uyi ma’lumotiga ko‘ra, 1986 yilgi rasmiy Jahon chempionati to‘pi maxsus fotoekspertiza orqali Maradonaning ikkala mashhur golida aynan shu to‘p ishlatilgani tasdiqlangan. Auksion oyning oxirida boshlanib, 21–23 avgust kunlari yakunlanadi.

Bu to‘p avval ham auksionga qo‘yilgan edi. 2023 yil fevral oyida Goldin auksionida unga 2,04 million dollar taklif qilingan, biroq sotuvchi belgilagan minimal narxga yetilmagani sabab savdo amalga oshmagan.

Heritage Auctions bu safar ham minimal narxni oshkor qilmagan, biroq kompaniya to‘pning 10 million dollarga yaqin narxda sotilishiga ishonmoqda.

Uchrashuvdan keyin to‘p 1986 yilgi Argentina — Angliya bahsini boshqargan tunislik hakam Ali Bennasir qo‘liga o‘tgan. 2023 yildagi auksion tavsifida Bennasirning maktubidan quyidagi iqtibos keltirilgan:

“Jahon chempionati uchrashuvini boshqargan bosh hakam o‘yin tugagach to‘pni o‘zida saqlab qoladi va uning yagona egasiga aylanadi. Ushbu uchrashuv davomida zaxira to‘pidan foydalanilmagan”.

Keyinchalik FIFA vakili The Guardian nashriga Jahon chempionati to‘plari odatda jamoalar, hakamlar, mezbon shaharlar, FIFA hamkorlari va FIFA muzeyiga esdalik sifatida tarqatilishini ma’lum qilgan.

Avvalroq yana bir tarixiy lot — Pelening 1958 yilgi Jahon chempionati finalida kiygan libosi ham auksionda qariyb 5 million AQSH dollariga sotilgandi.

Hozircha bu boradagi rekord 2022-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, aynan Diyego Maradonaning 1986 yilgi Jahon chempionatida Angliyaga qarshi o‘yinda kiygan futbolkasi 9,28 million dollarga sotilgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:57, 17.07.2026.
O'qildi: 1600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик