Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

«PSJ» «Barselona» hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

«PSJ» «Barselona» hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres katta ehtimol bilan faoliyatini «Pari Sen-Jermen»da davom ettiradi.

Diario Sport xabar berishicha, tomonlar futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda. Kataloniya klubi yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirayotgani sababli, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ham kutilmayapti, amaldagi kelishuv esa kelasi yilning o‘rtalarida o‘z nihoyasiga yetadi.

Transfermarkt portali ekspertlari Ferran Torresning narxini 50 million yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:24, 18.07.2026.
O'qildi: 2016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик