Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» Oliseni «Real»ga o‘tmaslikka ko‘ndirish uchun unga ulkan maosh taklif qilmoqchi

«Bavariya» Oliseni «Real»ga o‘tmaslikka ko‘ndirish uchun unga ulkan maosh taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Bavariya» Madridning «Real» klubiga o‘tishi bilan faol bog‘lanayotgan Maykl Oliseni jamoada saqlab qolishga qat’iy bel bog‘lagan.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi joriy transfer oynasida «qirollik klubi»ga o‘tishni istamoqda va bu haqda Fransiya terma jamoasidagi sheriklariga ham aytgan. Shunga qaramay, «Bavariya» o‘z yulduzini sotish niyatida emas. Bild ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar rahbariyati Olisega yiliga 25 million yevrodan ortiq maosh to‘lanadigan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu fransiyalik futbolchini jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilardan biriga aylantiradi.

Maykl Olisening Transfermarkt portalidagi taxminiy qiymati – 150 million yevro.

Kiritildi: 17:07, 18.07.2026.
O'qildi: 1338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик