Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Saka: "Mening xet-trikim tarixga kiradi, turnirni yuqori notada yakunlashimiz kerak edi"

Saka: "Mening xet-trikim tarixga kiradi, turnirni yuqori notada yakunlashimiz kerak edi"

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi futbolchisi Bukayo Saka JCH-2026 yarim finalida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatni esladi. U bu haqda Fransiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

"Ha, bu o‘yinda g‘alaba qozonish biz uchun turnirni yuqori notada yakunlash uchun juda muhim edi. Shaxsan men uchun bu aslida o‘ynashni unchalik istamagan o‘yinim edi, ammo maydonga tushish, o‘yin vaqtiga ega bo‘lish va Jahon chempionatining so‘nggi uchrashuvidan zavq olishdan baxtiyorman. Bunday imkoniyat har to‘rt yilda bir marta bo‘ladi. Mehnatlarim het-trik bilan mukofotlanganidan va bu xet-trik tarixga kirishidan xursandman. Bu mening va jamoaning kayfiyatini, qanchalik harakat qilayotganimizni va mamlakatimizni qanchalik faxrlantirishni istashimizni ko‘rsatadi.

Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatmi? Bu butunlay boshqacha o‘yin edi. Buni birinchi navbatda ta’kidlash kerak. O‘sha uchrashuv yarim final edi, u yerda taqdir hal bo‘layotgandi. Bilasizmi, bunday o‘yinlarda bosim juda katta bo‘ladi. Bugungi uchrashuv esa ancha xotirjamroq kechdi. Bizda boshqacha tarkib bor edi, shuning uchun o‘yindagi farqqa ta’sir qilgan ko‘plab omillar mavjud. Lekin, oxir-oqibat, bosh murabbiy kimni tanlamasin, biz bor kuchimizni berishimiz shart. O‘zgarishlar qanday bo‘lsa, shunday bo‘ldi. Bu haqda boshqa gap yo‘q. Men bu yerga mojaro chiqarish uchun kelganim yo‘q, ammo hammasi shunday va biz oldinga intilishimiz kerak", — deya Sakaning so‘zlarini keltiradi Tuttomercatoweb.

Kiritildi: 10:08, 19.07.2026.
O'qildi: 469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик