Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon 0-1 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Galatasaray» «Milan» forvardini sotib olmoqchi

«Galatasaray» «Milan» forvardini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Milan»ning qanot hujumchisi Kristian Pulishich faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercato xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH milliy terma jamoasi futbolchisi yozgi mavsumlararo tanaffusda hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan «Galatasaray»ning transfer nishoniga aylangan. «Milan» esa Pulishich bilan xayrlashmoqchi emas — klub rahbariyati, jumladan, egasi Jerri Kardinale forvardni jamoa yetakchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

O‘tgan mavsumda 27 yoshli amerikalik futbolchi «rossoneri» safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 4 ta mahsuldor uzatmani yozib qo‘ydi. Pulishichning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 14:38, 21.07.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик