Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Romano: Luka Modrich «Milan» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

Romano: Luka Modrich «Milan» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Italiyaning «Milan» klubi bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi «rossoneri» bilan qisqa muddatli shartnoma imzolaydi. Uning klub bilan avvalgi mehnat shartnomasi joriy yozda yakunlangan edi.

Avvalroq OAVda Modrich 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Luka Modrich «Milan» safiga 2025 yil yozida qo‘shilgan. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, tajribali yarim himoyachining bozor qiymati 3,5 million yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:30, 21.07.2026.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик