Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

"Liverpul" aksiyalarining bir qismi sotilishi mumkin

"Liverpul" aksiyalarining bir qismi sotilishi mumkin

Baho:
+ | -

Amerikaning Fenway Sports Group (FSG) investisiya kompaniyasi, "Liverpul" klubidagi minoritar ulushni sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Financial Times xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xaridor sifatida britaniyalik-hindistonlik tadbirkor va “Kuinz Park Reynjers” klubi egasi Amit Bxatiya boshchiligidagi investorlar konsorsiumi ko‘rilmoqda. Bitimni dunyodagi eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchi ArcelorMittal kompaniyasiga egalik qiluvchi Mittal oilasi ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

Agar kelishuv amalga oshsa, “Liverpul”ning qiymati 6 milliard dollardan (5,25 milliard yevro) oshadi. Bu esa futbol tarixidagi eng yuqori baholangan klublardan biriga aylanishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, FSG investorlar konsorsiumi bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqlagan. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasini 5-o‘rinda yakunlagan edi.

Kiritildi: 16:16, 22.07.2026.
O'qildi: 527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик