Gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Rossiyaning Championat.com saytiga bergan intervyusida O‘zbekistonda sport qanday rivojlanayotgani haqida gapirdi.
“O‘zbekistonda hozir Rossiyaga qaraganda ko‘proq pul to‘lashadi. Sizlarda Olimpiada sovrindorlariga mashina beriladi, bizda esa kottej va kvartira sovg‘a qilinadi. Hozir sportni rivojlantirish uchun katta hajmdagi ish amalga oshirilyapti. Agar umidli sportchi ko‘rinib qolsa, yaxshi natijaga erishish uchun unga barcha sharoitlar yaratib beriladi: xorijiy mutaxassislar olib kelinadi va chet eldagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari moliyalashtiriladi.
Shunga yarasha natijalar ham qo‘lga kiritilyapti! Og‘ir atletikachilar, bokschilar va kurashchilar Olimpiadada medallarni egallashni boshladilar. Bularning barchasi sportimizga kiritilayotgan investisiya natijasidir.
Boks va kurash bizning sportimiz. Ammo gimnastika biroz orqada qolmoqda, chunki bu musulmonlarga xos sport emas. Futbol? Biz xursand bo‘ldik va jamoamizni qo‘llab-quvvatladik. Ular 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida ochko to‘play olmagani katta muammo emas. Bunday turnirlar hali ko‘p bo‘ladi! Kelasi safar ular, albatta, guruhdan keying bosqichga chiqadilar!” – dedi Chusovitina Championat muxbiri bilan suhbatda.













