«Inter Mayami» yarim himoyachisi Kazemiro yangi klub tanloviga izoh berdi. Mayamiliklar chorshanba kuni braziliyalik yulduz bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilishdi. 34 yoshli xavbek 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va shartnomani avtomatik tarzda yana ikki yilga uzaytirish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi bitimga qo‘l qo‘ydi.
«Biroz vaqt oldin «Los-Andjeles Gelaksi» bilan muzokaralar olib borayotganda, men faqat «Inter Mayami»da o‘ynashni xohlashimni aytgan edim. Oilam bilan juda yaxshi ko‘radigan shahrimiz uchun, loyiha uchun, shuningdek, tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri — Leo Messi bilan bir jamoada to‘p surish imkoniyati tufayli shu qarorga keldim. Menga berilgan bu imkoniyat uchun klubga minnatdorchilik bildiraman», — deya tayanch yarim himoyachisining so‘zlarini keltiradi Inter Miami News Hub.
Avvalroq Kazemiro «Manchester Yunayted» safida to‘p surgan va o‘tgan mavsum yakunida erkin agent sifatida jamoani tark etgan edi.













