Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Saudiya klubi Rafinya transferidan voz kechdi

Saudiya klubi Rafinya transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Rafinya Dias «Al-Hilol»ga o‘tmaydi. Saudiya Arabistoni klubi «Vest Xem» a’zosi Krisensio Sammervillni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi, shu sababli «ko‘k-anorranglilar» yulduzi uchun kechayotgan kurashdan chiqdi, deb xabar beradi Diario Sport. Bundan tashqari, avvalroq braziliyalik futbolchining o‘zi ham «Al-Hilol» taklifini rad etgan edi.

Rafinyaning hozirgi narxi Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevroga baholanmoqda. 29 yoshli futbolchining Kataloniya grandi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Rafinya Xans-Diter Flik jamoasi safida o‘tkazilgan 33 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:40, 23.07.2026.
O'qildi: 500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик