«Arsenal» rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, himoyachi Vilyam Saliba jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng klub ixtiyoriga qaytdi. Londonda Saliba tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va unda bel jarohati tasdiqlandi.
Tekshiruvlardan so‘ng Salibaga operasiya zarur emasligi haqida qaror qabul qilindi. Biroq futbolchiga shifokorlar nazorati ostida reabilitasiya jarayoni talab etiladi.
«Kanonirlar» Salibaning maydonga qaytish aniq muddatlarini oshkor qilishgani yo‘q. Shu bilan birga, klub tiklanish jarayoni tez kechmasligiga shama qildi.
«Vilyamning uzoq muddatga safdan chiqishi kutilmoqda», — deyiladi «Arsenal» xabarida.
«Arsenal» 2026/2027 yilgi mavsumdagi ilk o‘yinini 16 avgust kuni Angliya Superkubogi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazadi.













