Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Milan» Leauning transfer narxini belgiladi

«Milan» Leauning transfer narxini belgiladi

Baho:
+ | -

Hujumchi Rafael Leau shu yozda «Milan»ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Yag‘iz Sabunjuog‘luning ma’lumotlariga ko‘ra, «rossoneri» portugaliyalik futbolchining ketishi bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor. Milan klubi forvardni keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga berishga yoki uni 50 million yevroga sotishga rozi.

Rafael Leau 2019 yilda «Lill»dan «Milan»ga 49 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi «rossoneri» safida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Leauning transfer qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:06, 23.07.2026.
O'qildi: 451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик